Izlash

Kengaytirilgan qidiruv

 

 
 

 
 
 

“Ilmiy va innovatsion faoliyat tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

27.09.2017

Amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 2017- 2021-yillarga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asosan ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish kabi ishlarni amalga oshirish qayd etilgan.

Shu munosabat bilan, “Ilmiy va innovatsion faoliyat tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Joriy yilning 27 sentabr kuni Fan va texnologiyalar agentligi tamonidan ishlab chiqilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyat tog’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi bo'ychicha Fanlar Akademiyasining konferens-xollida muhokama bo'lib o'tadi.