Izlash

Kengaytirilgan qidiruv

 

 
 

 
 
 

Qulayliklar yaratish maqsadida

2015-05-27

2015 yil 27 may kuni internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish portali ishga tushirildi.

Barchamizga ma'lum-ki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik faoliyatiga ta'sir etuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni baholash tizimi ishga tushirilgan. Ushbu tizim sharofati bilan aholi va tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni baholash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Hozirgi kunga kelib Yagona portalda muhokama uchun joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari soni jami 96 tani tashkil etib, ular bo'yicha bildirilgan 247ta fikrlarning 86 tasiga javob berilgan (53 tasi qabul qilingan, 33 tasi rad etilgan). Shuningdek 18 ta to'ldirilgan savolnomalardan 10 tasi ko'rib chiqilgan, 6 tasi ko'rib chiqish jarayonida, 2 tasi yangi shakllantirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti takidlaganidek davlat siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biri bo'lgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ahamiyati yuqori darajada ekanligini, hamda aholi va tadbikorlik subyektlari tomonidan talabni hisobga olgan xolda O'zbekistton Respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarligida UZINFOCOM Markazi tomonidan 2015 yil 27 may kuni internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish portali ishga tushirildi. Ushbu portaldan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'tishning o'zi kifoya qiladi. Portalning internet tarmog'idagi manzili: regulation.gov.uz Eslatma: Portal sinov tariqasida ishga tushirildi.