Давлат тилида матни бўлмаган лойиҳалар портал маъмурияти томонидан лойиҳа муаллифини огоҳлантирмасдан ўчирилади
ID Муаллиф Муҳокамага чиқариш санаси Якунланиш санаси Таклифлар сони
13944 Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги 25/02/2020 11/03/2020 55

Муҳокама якунланди

Идораларнинг буйруқ ёки қарори
Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
ID-13944

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK AGENTLIGINING
QARORI

Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ–4555-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalarining pedagog xodimlari mehnatiga munosib haq to‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qaror qiladi:

1. Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining Tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish nizomda belgilangan talablar asosida “UzASBO” dasturiy majmuasida yaratilgan modul orqali amalga oshiriladi.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va moliya bo‘limlari rahbarlari umumta’lim muassasalari tomonidan o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirishni mazkur Nizom talablari asosida amalga oshirilishini qat’iy nazorat qilsinlar.

4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari T. Komilov, Moliya vaziri o‘rinbosari Sh. Sharaxmetov va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining direktori o‘rinbosari B. Qurbonovlar zimmalariga yuklatilsin.

5. Mazkur qaror 2020-yil 1-apreldan boshlab kuchga kiradi.

Xalq ta’limi vaziri

Sh. Shermatov

Toshkent sh.,

2020-yil ___-_________,

_____-son

 

Moliya vaziri

TIshmetov

Toshkent sh.,

2020-yil ___-_________,

_____-son

 

 

Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik agentligi direktori

B. Almatov

Toshkent sh.,

2020-yil ___-_________,

_____-son

 

                                                                                                   O‘zbekiston Respublikasi
                                                                                                  Xalq ta’limi vazirligi,
                                                                                                         Moliya vazirligi va Sanitariya-epidemiologik                                                                                                       osoyishtalik agentligining
                                                                                             2020-yil ___-________dagi
                                                                                                     ____, ____ va ____-son qaroriga
                                                                                                    ILOVA

Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom umumta’lim muassasalarining o‘quv binolaridan samarali foydalanish, o‘quvchilar sonini belgilangan Sanitar me’yorlari va qoidalariga muvofiqlashtirish, umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash jarayonining shaffofligini ta’minlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq pedagog mutaxassislar ta’lim beradigan barcha tur va nomdagi davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktab-internatlarga (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasalari deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.

2-bob. Asosiy tushunchalar

3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan:

bazaviy tarif stavka bir stavka dars soati uchun o‘qituvchining malaka toifasiga ko’ra belgilangan miqdor;

o‘qituvchining tarif stavkasi o‘qituvchiga ajratilgan dars soatlari va malaka toifasiga ko‘ra bazaviy tarif stavka hisobidan kelib chiqqan miqdor;

sinf komplekti – o‘quvchilarni belgilangan me’yorlar asosida bitta sinfga jamlash;

dars soatlari setkasi tayanch o‘quv reja asosida umumt’lim muassasasining sinflar soni, sinf komplektidagi o‘quvchilar soni va o‘qituvchilar tarkibiga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha shakllantirilgan jami dars soatlari;

elektron dastur – umumta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladigan
va istalgan vaqtda internet tarmog‘i orqali ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur.

3-bob. Sinflarni komplektlash

4. Umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagicha komplektlanadi:

shahar hududi va tuman markazlarida 25-35 nafargacha;

qishloq hududlarida 20-35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno).

Boshqa hollarda tuman (shahar) xalq ta’limi va moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda komplektlanadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Kam komplektli umumta’lim muassasalarida (filiallarda) boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I — IV sinflar;

o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf;

o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich sinf (I va III, II va IV sinflar).

6. Namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, o‘quvchilar soni yetarli bo‘lmagan umumta’lim muassasalarida, olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalarida, shuningdek o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni sinflarni to‘ldirishning o‘ziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, xalq ta’limi bo‘limlari va moliya bo‘limlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

7. Umumta’lim muassasalari elektron dasturda sinflar komplektlarini shakllantiradi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

8. Umumta’lim muassasalari sinflar komplektlarini shakllantirishda quyidagi me’yorlarga rioya etilishini ta’minlashi lozim:

sinfdagi o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi;

umumta’lim muassasasining shahar, qishloq va olis hududda joylashganligi;

Sanitar me’yorlari va qoidalariga amal qilinishi;

umumta’lim muassasasining loyiha quvvati (o‘quvchi o‘rni) inobatga olinishi;

sinflar bo‘yicha jami o‘quvchilar soni, shu jumladan qiz bolalar sonini to‘g‘ri shakllantirilishi;

inklyuziv ta’lim va yakka tartibda uyda ta’lim oladigan o‘quvchilar sinflar komplektiga kiritilishi.

9. Umumta’lim muassasalari har yili 5-sentabrga qadar ta’lim olayotgan o‘quvchilarning nomma-nom ro‘yxatini elektron dasturida shakllantiradi. Elektron dasturga o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish uchun umumta’lim muassasasining direktori ma’sul hisoblanadi.

10. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har yili 8-sentabrga qadar tizimidagi umumta’lim muassasalarining sinflar komplektlarini belgilangan me’yor asosida shakllantirilganligini ko‘rib chiqadi va umumta’lim muassasalaridan sinflarni komplektlashga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni talab qilishga haqli.

11. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har bir umumta’lim muassasaning sinflar komplektlarini umumlashtirgan holda tegishli elektron dastur orqali moliya bo‘limlariga tasdiqlash uchun yuboradi.

Moliya bo‘limlari umumta’lim muassasalarining jamlanma sinflari komplektlari to‘g‘ri shakllantirilganligini ko‘rib chiqadi va elektron dastur orqali har yili 10-sentabrga qadar tasdiqlaydi.

12. O‘quv yilining birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha har yili yanvar oyida umumta’lim muassasalarining o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, sinf komplektlari qayta ko‘rib chiqilishi
va o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Bunda, o‘quvchilar soni belgilangan me’yordan kamayib ketgan holda sinflar qisqartirilishi va belgilangan me’yordan oshib ketganda esa qo‘shimcha sinf tashkil etilishi mumkin.

4-bob. O‘quv rejani shakllantirish

 

13. Har yili 1-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining tayanch o‘quv rejasi asosida quyidagi umumta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalari ishlab chiqiladi:

Umumta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) uchun yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja;

Umumta’lim muassasalari uchun yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘zgaruvchan o‘quv reja;

Ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining ixtisoslik fanlari bo‘yicha namunaviy o‘quv reja;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja;

Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlari uchun yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv reja.

14. Umumta’lim muassasalari har yili 30-avgustga yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi asosida o‘quv rejani shakllantirishda quyidagilarni inobatga olishlari lozim:

sinflar va o‘quvchilar sonining aniq ko‘rsatkichlari;

ixtisoslashgan sinflar va o‘quvchilari sonining to‘g‘ri kiritilganligi;

amaldagi hujjatlarda belgilangan ayrim fanlar bo‘yicha sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishda malakali o‘qituvchilar yetarliligi va sinfdagi o‘quvchilar soni kamida 25 nafarni tashkil etishi;

o‘quvchilar soni 8 nafargacha bo‘lgan I — IV sinflarni qo‘shib o‘qitilganda IV sinf o‘quv rejasi tanlanganligi;

o‘quvchilar soni 12 nafargacha bo‘lgan uchta boshlang‘ich sinf qo‘shib o‘qitilganda ulardan yuqori sinfning o‘quv rejasi tanlanganligi;

o‘quvchilar soni 24 nafargacha bo‘lgan ikkita boshlang‘ich (I va III, II va IV sinflar) sinflar qo‘shib o‘qitilganda ulardan yuqori sinfning o‘quv rejasi tanlanganligi;

ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘qitishda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishi.

15. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumta’lim muassasalarining Pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari ta’lim qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tillarida olib boriladigan umumta’lim muassasalarida Pedagogik kengashining qaroriga asosan ayrim fanlar o‘zbek (davlat tilida) o‘qitilishiga ruxsat beriladi.

17. Uyda yakka tartibda ta’lim oladigan uzoq vaqt davolanishga muhtoj o‘quvchilarning dars jadvali umumta’lim muassasasi o‘quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday o‘zgartirish umumta’lim muassasasining buyrug‘iga muvofiq o‘quv rejadagi bitta fan uchun ajratilgan soatlarni boshqa bir fan uchun ajratilgan soatlar bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.

5-bob. Dars taqsimotini shakllantirish

18. Umumta’lim muassasalarida shakllangan sinflar sonidan kelib chiqib tayanch o‘quv rejasiga asosan sinflar kesimida dars soatlari setkasi shakllanadi.

19. Fanlar kesimida aniqlangan dars soatlari setkasi bo‘yicha dars soatlari taqsimoti umumta’lim muassasalarining Pedagogik kengashida ko‘rib chiqiladi.

20. Pedagogik kengash dars soatlarini quyidagi ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlaydi:

1) xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

2) o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

3) mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL, IELTS 6
va undan yuqori, shuningdek Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

4) TOP-1000 reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;

5) asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

6) o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

7) respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

8) oliy malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

9) birinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

10) asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

11) ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

12) pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

13) oliy ma’lumotga (toifasiz) ega o‘qituvchilar;

14) qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar (ushbu darajadan yuqori natijalarga ega bo‘lganda, yuqori natijalar inobatga olinadi);

15) oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

16) oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

17) oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga.

Bunda, yuqoridagi ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soаtlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining roziligi bilan unga ajratilgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

Umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

6-bob. Tarifikatsiya ro‘yxati

21. Umumta’lim muassasasi o‘qituvchilarining tarifikatsiya ro‘yxati quyidagi ma’lumotlar asosida shakllantiriladi:

o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi, sharifi, familiyasi, diplom bo‘yicha ma’lumoti, malaka toifasi va boshqalar);

bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalar (bunda, o‘qituvchining har bir fan uchun tegishli malaka toifasi alohida belgilanadi);

o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangan dars soatlari;

o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari;

daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;

informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlar;

o‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlar;

uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borayotgan o‘qituvchilarga taqsimlangan dars soatlari va ular bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari;

o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan belgilangan har oylik ustamalar miqdorlari (foizda va summada);

amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadigan boshqa ustama va qo‘shimcha to‘lovlar.

22. Bir stavkada ishlovchi o‘qituvchi uchun boshlang‘ich sinfdagi (1-4-sinflar) haftalik o‘quv yuklama - 18 soat va pedagogik yuklama - 18 soat hamda yuqori sinfdagi (5-11-sinflar) haftalik o‘quv yuklama - 20 soat va pedagogik yuklama - 16 soatni tashkil etadi. Bunda, o‘qituvchining pedagogik yuklamasi haftalik o‘quv yuklamasiga mos ravishda kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.

22. Umumta’lim muassasasining rahbar xodimi (direktor va uning o‘rinbosarlari) tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi hamda ular tomonidan bajarilgan dars soatlariga soatbay haq to‘lanadi.

23. O‘qituvchining tarif stavkasi uning ma’lumoti, malaka toifasi va biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi hisobidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Mehnatini soatbay asosda olib boruvchi o‘qituvchining tarif stavkasi uning ma’lumoti, malaka toifasi va biriktirilgan dars soatlari asosida bir soat uchun belgilangan miqdor hisobidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

24. Umumta’lim muassasalarining uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borayotgan o‘qituvchilariga haq to‘lash bazaviy tarif stavkasini o‘quv va pedagogik yuklamalarga bo‘lish (154,8), ularni yakka tartibda o‘tkazilgan haqiqiy dars soatlariga ko‘paytirish va Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimi xodimlariga haq to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida”
1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli qarorida belgilangan 1,5 koeffitsentini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Yakka tartibda o‘quvchini uyda o‘qitayotgan o‘qituvchilarning asosiy oylik yuklamasi maktabda bo‘lishi shart.

25. Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha to‘lovlar o‘qituvchining daftarlar va yozma ishlar bo‘yicha tekshiriladigan fanlarning umumiy soatlari va sinf komplektidagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

26. Sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlar bo‘yicha hisoblanadi.

Umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va mehnatini soatbay asosda olib boruvchi o‘qituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda, birinchi navbatda boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarlik qilish o‘qish, ona tili va matematika fanlaridan dars o‘tadigan o‘qituvchilarga yuklatiladi.

27. Informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan miqdorlar asosida umumta’lim muassasasidagi mavjud jihozlangan informatika kabineti soniga ko‘ra hisoblanadi.

Informatika kabineti mudirligi informatika fani o‘qituvchisiga yuklatiladi va bir nafar informatika fani o‘qituvchisiga bittadan ortiq informatika kabineti yuklatilganda faqat bitta informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq belgilanadi.

28. Direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar belgilanadigan o‘qituvchilar ro‘yxati umumta’lim muassasasida tashkil etilgan Ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan amaldagi talablarga ko‘ra aniqlanadi va ustamalar miqdorlari o‘qituvchining tarif stavkasiga nisbatan hisoblanadi.

Mehnatini soatbay asosida olib boruvchi o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar belgilanmaydi.

29. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

30. Umumta’lim muassasasida fanlar bo‘yicha vakant soatlari uchun mablag‘larni rejalashtirish barcha ustama va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda bir stavkada ishlovchi oliy ma’lumotli o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Vakant sinf rahbarligi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lovlari sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra belgilangan miqdorlarda hisoblanadi.

31. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarining tarifikatsiya ro‘yxati har yili 1-sentabr holatiga ko‘ra tasdiqlanadi va o‘quv yili davomida o‘zgarishlarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

32. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlariga muvofiq oshirilganda xalq ta’limi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqiladi va tarifikatsiya ro‘yxati qaytadan shakllantiriladi.

7-bob. Yakuniy qoidalar

33. Yangidan tashkil etilgan umumta’lim muassasasini tarifikatsiya ro‘yxatini tuzish ushbu Nizom asosida amalga oshiriladi.

34. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

 

Умумий таклифлар: 29

8163